Gidroksixloroxinning Özbekistonga kirib keliş qadamlari juda şiddatli böldi. Ayni şu preparatning savdodagi nomi hisoblangan «Plakvenil» dori vositasi katta hajmda xarid qilindi, bepul dorilar röyxati va koronavirusga qarşi davolaş protokoliga kiritildi.

Ammo tez orada röyxatdan çiqarildi. Buning ham öziga yaraşa sabablari bor edi. Çunki dunyoning eng yetakçi tadqiqot institutlari xulosalariga köra JSST bu preparatning samarasiz ekanligini e'lon qilgan, bu tavsiyaga köra aksariyat davlatlar koronavirusga qarşi kuraşda gidroksixloroxindan voz keçgandi.

Gidroksixloroxin dori vositasi tarixiga nazar taşlansa, u mutlaqo koronaviruslar oilasiga qarşi möljallanmaganiga guvoh bölamiz. Bu preparat uzoq vaqt bezgakni davolaşda qöllangan. Şunda ham turli hududlarda turliça samaraga erişilgan. Özbekiston esa allaqaçon bezgakdan butunlay xoli hududlar safiga kirgan.

Koronavirusga qarşi ma'lum vaqt qöllanganini ham tuşuniş mumkin – pandemiya şu qadar şiddat bilan avj oldiki, olimlarda dori vositalari böyiça aniq va yakuniy xulosaga keliş uçun vaqt yöq edi. Ya'ni şu yönalişda qanday preparat bölsa birma-bir sinab körilaverdi. Ma'lumki, bir dori vositasining qaysidir kasallikni bartaraf qilişdagi ta'siri töliq örganilişi uçun hattoki ön yillab vaqt sarflanadi. Koronavirusda esa eng minimal muddatning özi bölmadi va gidroksixloroxin qaysidir bosqiçda umid bağişlagani rost.

Gidroksixloroxin asosidagi plakvenil preparati dunyo böyiça bahslar davom etayotgan bir paytda Özbekistonda katta hajmda xarid qilingani öşa paytning özidayoq bahs-munozaralar