Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh bilan nizo fonida Iroqqa raketa va harbiylarini joylashtirdi
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Islom inqilobi muhofizlari korpusi yaqin haftalarda mintaqadagi nishonlarga zarbalar berishi mumkin.
Eron AQSh bilan nizo fonida Iroqqa qurol-yarog‘ va harbiylarini tashladi, deb xabar bermoqda Al Qabas nashri.
Xabar qilinishicha, Islom inqilobi muhofizlari korpusi Iroqqa kichik masofaga mo‘ljallangan raketa va dronlar hamda eng yaxshi ofitserlardan iborat ikkita bo‘linmani tashlagan.
Nashrning yozishicha, raketalar Iroqdagi qurolli guruhlarga tegishli obekt va lagerlarga joylashtirilgan.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, korpus harbiylari yaqin haftalarda mintaqadagi nishonlarga zarbalar berishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, bu prezident Donald Tramp lavozimini tark etganidan so‘ng yuz beradi. Nashr shuningdek, Tehron yadrochi fizik Muhsin Faxrizodaning o‘limi uchun ham qasos olishni rejalashtirganini taxmin qilmoqda.
Avvalroq Eron o‘zining yadroviy obektlari yaqinida qo‘shimcha tarzda havo hujumidan mudofaa kuchlarini joylashtirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:37
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
13:06 / 28.06.2026