Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQShning ehtimoliy raketa zarbalariga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Dushanba kuni AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi 154 dona Tomahawk qanotli raketalari joylashtirilgan USS Georgia zarba beruvchi suvosti kemasi Fors ko‘rfazi akvatoriyasiga kirib kelganini ma'lum qildi.
Foto: Twitter/Obs_IL
AQShning ehtimoliy raketa zarbalarini kutayotgan Eron yadroviy obektlari yaqinida qo‘shimcha tarzda havo hujumidan mudofaa kuchlarini joylashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Kuvaytning Al Qabas gazetasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Eron kutilmagan harbiy hodisalarga ehtiyot chorasi sifatida yadroviy obektlarining havo hujumidan himoya qilinishini kuchaytirmoqda. Qayd etilishicha, prezident Trampning Oq uyni tark etishi oldidan har qanday holat yuz berishi mumkin.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, islom inqilobi muhofizlari korpusi Fordo yadroviy obekti yaqinida Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimiga qo‘shimcha ravishda "Bovar-373" majmuasini joylashtirgan.
Xalqaro atom energiyasi agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, Eron hududida jami 17ta yadroviy obekt mavjud.
Dushanba kuni AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi 154 dona Tomahawk qanotli raketalari joylashtirilgan USS Georgia zarba beruvchi suvosti kemasi Fors ko‘rfazi akvatoriyasiga kirib kelganini ma'lum qildi.
Bundan tashqari, arab manbalarining ma'lumot berishicha, shuningdek, qanotli raketalar bilan jihozlangan Isroil suvosti kemasi ham Fors ko‘rfaziga kirgan.
Mavzuga oid
07:58
AQSh davlat qarziga egalik: eng yirik davlatlar reytingi
22:57 / 02.02.2026
Tramp Rossiya neftidan voz kechish evaziga Hindiston uchun bojlarni pasaytirdi
17:29 / 02.02.2026
BAAga aloqador kompaniya Trampning kripto biznesida katta ulushdor ekani ma’lum bo‘ldi
17:08 / 02.02.2026