Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp saylovda mag‘lub bo‘lganini hech qachon tan olmasligini aytdi
Donald Tramp AQSh senati va kongress vakillar palatasi noyabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi natijasini tasdiqlashi munosabati bilan tarafdorlari ishtirokida manifestatsiya o‘tkazdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp noyabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida mag‘lub bo‘lganini hech qachon tan olmasligini, o‘zini g‘olib deb hisoblashini aytdi.
"Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz, hech qachon mag‘lubiyatni tan olmaymiz. Bunday bo‘lmaydi. O‘g‘irlik haqida gap ketganida mag‘lubiyatni tan olmaslik kerak. Mamlakatimiz ko‘p narsani boshidan kechirdi. Bunga boshqa toqat qilolmaymiz", - dedi u Vashingtonda tarafdorlari ishtirokida o‘tkazilgan "Amerikani qutqarish marshi" manifestatsiyasida.
Ushbu tadbir bugun AQSh senati va kongress vakillar palatasi noyabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi natijasini tasdiqlashi munosabati bilan o‘tkazildi.
AQShda 2020 yil 3 noyabrda o‘tgan prezident saylovlari natijalariga ko‘ra demokrat Jozef Bayden g‘alaba qozondi. Demokratga 306 saylovchi, Trampga esa 232 saylovchi o‘z ovozini bergan. Biroq Tramp mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortmoqda.
Mavzuga oid
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
17:09 / 25.06.2026
«Zelenskiyning ishlari chakki emas. U jasur odam» – Tramp
22:21 / 23.06.2026