O‘zbekiston | 17:50 / 16.01.2021
6760
2 daqiqa o‘qiladi

12 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham ekspress-test topshirishlari shart

2020 yil 25 dekabrdan boshlab O‘zbekistonga havo, temir yo‘l transporti hamda chegara punktlari orqali tashrif buyurayotgan barcha shaxslardan o‘z hisobidan aeroport, temir yo‘l vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasi antigenini  aniqlash ekspress-testi olinishi joriy etilgan. 

Ammo 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bunday test natijasi so‘ralmasligi ijtimoiy tarmoqlarda savollarga sabab bo‘lgan edi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, faqat 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardan test topshirish talab qilinmaydi. Undan katta yoshdagi barcha yo‘lovchilar koronavirus infeksiyasi antigenini  aniqlash uchun ekspress-test topshirishlari lozim. 

Eslatib o‘tamiz, davlat chegara punktlari orqali 2020 yil 25 dekabrdan beri respublika hududiga 109 ming 179 nafar shaxs kirib kelgan, ularning 79 ming 478  nafarida koronavirus infeksiyasi antigenini  aniqlash maqsadida ekspress-test o‘tkazilgan va tekshiruv natijalari bo‘yicha ularning 62 nafarida musbat natija aniqlangani aytilgandi.

Mavzuga oid