Shtab: 25 dekabrdan shu kungacha xorijdan kelgan 62 kishida koronavirus aniqlangan
2020 yil 25 dekabr – 2021 yil 14 yanvar oralig‘ida O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolarning 62 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb ma'lum qildi Koronavirusga qarshi kurash shtabi.
Shtab a'zosi Botir Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu davrda davlat chegara punktlari orqali jami 109 179 kishi kirib kelgan, ularning 79 478 nafarida (72,8%) koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash maqsadida ekspress test o‘tkazilgan va tekshiruv natijalariga ko‘ra, 62 nafarida (0,08%) koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Musbat natija aniqlangan fuqarolar hududiy koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan maxsus muassasalarga jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga kirib kelganlardan o‘z hisobidan ekspress test topshirish tartibi 25 dekabrdan kuchga kirgan edi.
Avvalroq Toshkent aeroportida ekspress test o‘tkazish bilan sobiq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovga aloqador tashkilot shug‘ullanayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023