AQSh Somalidagi qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketdi
AQSh prezidenti Donald Tramp 4 dekabrda Somalidan barcha amerikalik harbiylarni olib chiqib ketish topshirig‘ini bergandi.
Somalidan AQSh qurolli kuchlari bo‘linmalarining olib chiqib ketilishi butkul yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda Associated Press (AP).
"Mazkur operatsiya vaqtida "Ash-Shabab" jangarilarining hujumlari kuchayishiga qaramasdan olib chiqib ketish davomida harbiy xizmatchilar jiddiy jarohat olmadi va texnika sezilarli talafot ko‘rmadi", - dedi AQSh qurolli kuchlarining Afrikadagi qo‘mondonligi qo‘mondoni general Stiven Taunsend.
Qo‘shinlar va vositalarni olib chiqib ketish uchun Somali sohilida AQSh qurolli kuchlarining harbiy-dengiz guruhi tashkil etildi va 21 dekabr kuni USS Nimitz aviatashuvchisi yetib keldi. Shuningdek, Amerika harbiylarini olib chiqib ketishda bortida bir necha yuz nafar maxsus qo‘shinlar askarlari bo‘lgan USS Makin Island kemasi yordam ko‘rsatdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 4 dekabrda Somalidan barcha amerikalik harbiylarni olib chiqib ketish topshirig‘ini bergandi. Unga ko‘ra, oxirgi muddat 15 yanvar deb belgilangandi.
AFRIKOMning ma'lum qilishicha, Somalidagi 700 nafar AQSh harbiy xizmatchilari mamlakatdan olib chiqib ketilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ular AQShning Jibutidagi "Kemp-Lemone" dengiz ekspeditsiya bazasiga joylashtiriladi.