Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda vaksina sinovida qatnashish uchun murojaat qilganlar soni 10 mingga yaqinlashdi
Xitoyda ishlab chiqilgan vaksinaning O‘zbekistondagi sinovlarida 4281 kishi 1-doza, 251 kishi 2-doza bilan emlandi.
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
O‘zbekistonda Xitoy kompaniyasi koronavirusga qarshi ishlab chiqqan rekombinant vaksinaning 3-bosqich sinovlari davom etmoqda.
Innovatsion rivojlanish vazirligi xabariga ko‘ra, 23 yanvar holatiga, sinovda qatnashish uchun skriningga kelgan ko‘ngillilar soni 9596 nafarga yetgan.
Ulardan 4281 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi bilan va 251 nafar ko‘ngilli vaksinaning 2-dozasi bilan emlangan.
Sinov doirasida jami 5 ming nafar ko‘ngilli uch doza vaksina bilan emlanadi. Ko‘ngillilar 18 yoshdan katta va surunkali kasalliklarga chalinmagan bo‘lishi talab etiladi.
- Vaksina sinovi 12 dekabrda boshlangandi. Dastavval Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatining 20 nafar ko‘ngilli oila a'zolari birinchi dozada emlangan edi.
- ZF 2001 nomli vaksinani Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi yaratgan.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash tadbirlari fevral oyi oxirida boshlanishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026
Olimlar Nipah virusiga qarshi vaksina ishlab chiqishdi
18:06 / 29.01.2026
JSST O‘zbekistonni qizamiqdan xoli mamlakat maqomidan mahrum qildi
15:47 / 06.08.2025