«Vaksinatsiya jarayonlari butun dunyoda töğri amalga oşirilişi, koronavirusga qarşi vaksinalar töğri taqsimlanişini nazorat qiluvçi mexanizm - COVAX taşkiloti taşkil etilgan. Unga a'zo davlatlar qatoriga Özbekiston ham kiritilgan.

GAVI taşkiloti - Emlaş va immunizatsiya böyiça global alyans tomonidan Özbekiston uçun buyurtma berilgan. 2021 yilning 8 yanvarida respublika aholisining 20 foiziga yetarli miqdorda birinçi buyurtma berilgan. Buni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş töğrisida COVAX taşkilotidan rasmiy ma'lumot olingaç, bugungi kunda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan qöllaşga ruxsat berilgan Pfizer-BioNTech vaksinasini Özbekistonda ham emlaş jarayonlariga jalb qiliş uçun 100 ming doza buyurtma qilingan. 

Uşbu vaksina 1-1,5 oy muddat içida keltirilişi közda tutilgan. Vaksina -70 daraja haroratda saqlanişi uçun muzlatgiçlar tayyorlab qöyilgan», degan u.

Botir Qurbonov Özbekistonda ommaviy emlaş jarayoni qaçon boşlanişi töğrisidagi savolga ham javob qaytargan.

«Respublikamizning barça aholisini emlaş tadbirlari bilan qamrab oliş rejalaştirilgan. Amerikada işlab çiqilgan vaksinadan 100 ming doza buyurtma qilingan. Keyingi navbatda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan tavsiya etilgan vaksinalar bosqiçma-bosqiç sotib olinib, yurtdoşlarimizni emlaş boşlanadi.

Pfizer-BioNTech vaksinasi bilan emlaş tadbirlari fevral oyi oxiri, mart oyi boşlarida boşlanadi», degan u.

  • Eslatib ötamiz, 2021 yilda Özbekistonda koronavirusga qarşi kuraşiş tadbirlari va vaksina sotib oliş xarajatlari uçun 3 trillion söm ajratiladi.
  • Bundan avvalroq Soğliqni saqlaş vazirining örinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği Bahodir Yusupaliyev COVAX fondi orqali Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan koronavirusga qarşi Comirnaty vaksinasini Özbekistonga 100 ming doza miqdorida olib kelinişi böyiça buyurtma berilganini, emlaş jarayoniga tayyorgarlik köriş maqsadida GAVI tomonidan 17ta katta hajmdagi refrijyeratorlar va 206ta yuk taşuvçi miniven avtotransport vositalari taqdim etilganini ma'lum qilgandi.