30 ga yaqin davlat xizmati xususiy sektorga beriladi
Prezident mutasaddilarga oktyabrga qadar 30 ga yaqin davlat xizmatini xususiy sektorga berishni topshirdi. Davaktiv agentligining riyeltor va baholovchini imtihon qilish, Turizm qo‘mitasining gidlarga sertifikat berish vakolatlari xususiy sektorga o‘tishi mumkin.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga oktyabrga qadar qator davlat xizmatlarini xususiy sektorga berishni topshirdi. U bu haqda juma kuni xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida gapirdi.
So‘nggi uch yilda 27 turdagi davlat xizmatlari xususiy sektorga berildi. Lekin vazirliklarda bu yo‘nalishda hali qilinadigan ishlar juda ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, Davaktiv agentligi rieltor va baholovchini imtihondan o‘tkazish, toifa berishni, Turizm qo‘mitasi gidlarga malaka sertifikati berish xizmatini, Agrosanoat inspeksiyasi qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalarni majburiy ko‘rikdan o‘tkazishni xususiy sektorga berishi mumkinligi ta’kidlandi. Boshqa vazirlik va idoralarda ham tadbirkorlar bemalol qila oladigan xizmatlar juda ko‘p.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga 1 martga qadar 11 ta, 1 oktyabrgacha yana 18 ta davlat xizmatini xususiy sektorga berish choralarini ko‘rish topshirildi.
Har bir vazirlikka o‘z tizimidagi qaysi xizmatni xususiy sektorga, jumladan autsorsingga berish va yangi xizmatlarni joriy qilish mumkinligi bo‘yicha taklif tayyorlash topshirildi. Bu borada Raqobat qo‘mitasining mas’uliyati belgilandi.
Tadbirkorlarda yer uchastkalari va davlat mulkini ijaraga olish yoki xususiylashtirish shartlari bo‘yicha savollar ko‘pligi bois, bu borada ochiq, shaffof, manfaatli shartlarni ishlab chiqish va e’lon qilish vazifasi qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oq uy mudofaa vaziri Pit Hegset o‘rniga boshqa nomzodni qidirishni boshladi – OAV
Jahon | 12:03
-
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 30 maygacha yopiladi
Jamiyat | 11:37
-
Rossiyaga markaziy osiyolik migrantlar oqimi kamaygani aytildi
Jahon | 11:27
-
Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:20
Mavzuga oid

12:24 / 24.03.2025
Gaz, svet va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilish tartibi bekor qilindi

14:52 / 03.03.2025
Iqtisodiyotda xususiy sektorning roli yanada oshiriladi

16:16 / 15.02.2025
Avtomobilga gaz uskunasini o‘rnatish uchun ruxsatnomani endi onlayn olish mumkin

14:20 / 18.01.2025