O‘zbekiston | 21:18 / 29.01.2021
23255
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 8ta davlat bilan aviaqatnovlarga taqiqni 1 martgacha uzaytirdi

O‘zbekiston koronavirusning yangi shtammi tarqala boshlagan 8ta mamlakat bilan aviaaloqa bo‘yicha cheklov muddatini 1 martgacha uzaytirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Respublika maxsus komissiyasi qarorini e'lon qildi.

Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlaridan O‘zbekistonga kirish va chiqish bo‘yicha taqiq bahorgacha amal qiladi.

Mazkur cheklovlar 21 dekabrdan joriy etilgan, keyinchalik 1 fevralgacha uzaytirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdagi 8ta mamlakatda so‘nggi 14 kun davomida bo‘lgan shaxslar cheklov davrida O‘zbekistonga kiritilmaydi.

So‘nggi 14 kun davomida bu davlatlarda bo‘lgan holda uchinchi davlatlar orqali kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinadi.

Mavzuga oid