Unda aytilişiça, sönggi kunlarda ayrim xorijiy mamlakatlarda, xususan, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasida yangi koronavirus infeksiyasi aniqlaniş holatlari soni tubdan oşib ketib, epidemiologik vaziyat keskin yomonlaşuvi kuzatilmoqda. Xususan, joriy yil 20 dekabr holatida Buyuk Britaniyada kunlik kasallik holati 36 mingga, Germaniyada 21 mingga yaqin, Italiyada 15 mingdan, Niderlandiyada 13 mingdan, Janubiy Afrika Respublikasida 9 mingdan ziyodni taşkil etmoqda.
Uşbu mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aksariyat Yevropa va boşqa davlatlar tomonidan epidemiologik vaziyatni murakkablaştirmaslik maqsadida yuqoridagi davlatlar bilan xalqaro aviataşuvlarni çeklaş böyiça qarorlar qabul qilindi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yil 21 dekabr sanasidan 2021 yil 10 yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kiriş, çiqiş va tranzit reyslar orqali respublikaga kiriş) töxtatiladi.
Şu bilan birga, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari fuqarolari, uşbu davlatlarda doimiy istiqomat qiluvçi fuqaroligi bölmagan şaxslar hamda sönggi 14 kun davomida mazkur davlatlarda bölgan uçinçi davlat fuqarolari yuqoridagi çeklov amal qilgan davr mobaynida Özbekiston Respublikasiga kiritilmasligi belgilandi.
Şuningdek, sönggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida bölgan holda uçinçi davlatlar orqali Özbekistonga kirib kelayotgan Özbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar 14 kun davomida vaqtinçalik karantinda saqlaş majmuasida yoki tegişli mehmonxonada karantinga olinişi belgilab qöyildi.
Mazkur joriy etilayotgan çeklovlar uşbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlaşgani sari bosqiçma-bosqiç bekor qilib boriladi.
Respublika maxsus komissiyasi fuqarolardan jamoat joylarida niqob taqib yuriş, restoran, kafe va boşqa umumiy ovqatlaniş obektlarida 30 kişidan oşmagan holda tadbirlarni ötkaziş, şuningdek, vazirlik, idoralar va davlat uluşi bölgan xöjalik birlaşmalarida turli xil korporativ bayram tadbirlari taşkil etmaslik töğrisidagi karantin çeklovlariga qat'iy amal qilişni söragan.
Şu bilan birga, Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarning özi va oila a'zolarining soğliğini asrab-avaylaş maqsadida kirib kelayotgan yangi yilni oila davrasida kutib oliş zarurligini yana bir bor eslatib ötgan.

















