Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Prezident siyosatiga zid» - Komil Allamjonov Azon.uz'ga qilingan bosimni qoraladi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Azon.uz saytidan maqolalarni o‘chirib tashlash talab qilinganiga munosabat bildirdi.
«Azon.uz tahririyatiga bo‘lgan bosim nafaqat samarasiz harakat, balki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ochiqlik va oshkoralik siyosatiga ham ziddir.
Hozirgi zamon sharoitida har bir rahbar muloqot qilish va matbuot bilan o‘zaro konstruktiv aloqalarni o‘rnatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi shart. Aks holda, muammo bo‘laveradi», – deya yozib qoldirdi Allamjonov Telegram'dagi kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Azon.uz sayti bosh muharriri Abdulaziz Muborak 3 fevral kuni tahririyatga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilshod Eshnayevdan bosim va tahdid bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Sayt muassisi, diniy olim Mubashshir Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, Dilshod Eshnayev 3 fevral kuni unga yashirin raqamdan qo‘ng‘iroq qilib, maqolalarni darhol o‘chirishni talab qilgan va kurakda turmas so‘zlar bilan haqoratlagan.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bayonotida Azon.uz saytidagi maqolalarni olib tashlash bo‘yicha «qo‘mita rahbariyati tomonidan hech qanday topshiriq bo‘lmagani» aytiladi.
Mavzuga oid
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
19:03 / 07.05.2026
Otabek Bakirov: “Yolg‘on axborot tarqatish haqidagi modda so‘z erkinligini toraytiryapti”
15:24 / 07.05.2026
Bloger Otabek Bakirovga nisbatan ma’muriy ish tugatildi
11:50 / 03.05.2026