Azon.uz sayti boş muharriri Abdulaziz Muborak (Abdulaziz Raimov) tahririyatga bosim va tahdid bölgani sabab işdan böşaş haqida ariza yozdi.
Bu haqda u 3 fevral kuni Facebook'dagi sahifasida e'lon qilgan «Azon.uz'ga bosim qaçon tugaydi?» sarlavhali bayonotda ma'lum qilgan.
«Bugun muassisimiz Mubaşşir Ahmad yiğiliş çaqirdilar. Saytimizda e'lon qilingan ayrim maqolalarni olib taşlaşimizni aytdilar», – deb yozadi Abdulaziz Muborak.
Uning aytişiça, saytdagi quyidagi maqolalarning olib taşlanişi aytilgan (hozirda bu maqolalar saytdan öçirilmagan):
- “Qorilar mahallasi” – Prezidentning taklifi ahli ilmlarni tölqinlantirib yubordi
- Şavkat Mirziyoyev diniy sohada qanday erkinliklarni qaytardi? (Kun.uz'da e'lon qilingan maqola republikatsiyasi)
«Bilişimizça, Din işlari böyiça qömita raisining örinbosari Dilşod Eşnayev Mubaşşir Ahmadga qönğiroq qilib, yuqoridagi maqolalar uçun juda qattiq haqorat va tahdid qilibdi. Şunday haqoratlarki, uni aytiş tilga, eşitiş quloqqa oğirlik qiladi. Men domlaning gaplariga könmadim (maqolalarni öçirtirmadim), çunki har ikki maqolada ham muhtaram prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar yoritilgan, ya'ni bir söz bilan aytganda, siyosatga qarşi emas, aksinça, uni qöllab-quvvatlaydigan fikrlar yozilgandi.
Avvallari ham bir neça maqolalar olib taşlangan edi, bugun bilişimça, öşa maqolalar ham aynan D.Eşnayevning qönğiroqlari orqasidan öçirilgan ekan.
D.Eşnayevning xizmat vakolatiga saytlardagi diniy mazmunda yozilgan xabar va maqolalarni kuzatiş, tahlil qiliş kirar, ammo u nega aynan davlatimiz rahbarining fikrlari, islohotlari, taşabbuslari yoritilgan maqolalarga e'tiroz bildiradi?








