3 fevral kuni Azon.uz sayti boş muharriri Abdulaziz Raimov (Abdulaziz Muborak) Din işlari böyiça qömita raisining örinbosari Dilşod Eşnayev tomonidan tahririyatga bosim va tahdid bölayotgani ortidan işdan böşaşini ma'lum qilgandi. Uşbu holat yuzasidan Din işlari böyiça qömita rasmiy bayonot berdi.
Ma'lum qilinişiça, Din işlari böyiça qömita vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq din işlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiradi va bu borada bir qança vakolatlarga ega.
Bayonotda aytilişiça, jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi va e'tiqod erkinligiga tahdid tuğdirişi mumkin bölgan omillarni örganiş, tahlil qiliş va ularning oldini olişga qaratilgan çoralarni köriş, respublikada çiqariladigan yoki çet ellardan keltiriladigan diniy tusdagi mahsulotlarni (matbuot va elektron naşrlarni, audio, video kassetalarni, CD, DVD va boşqa elektron taşuvçilarni, Internet butunjahon axborot tarmoğida joylaştirilgan diniy materiallarni) ekspertizadan ötkaziş faoliyatini muvofiqlaştiriş Din işlari böyiça qömitaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Şuningdek, Din işlari böyiça qömita rahbariyati Azon.uz saytida e'lon qilingan maqolalarni oldirib taşlaş böyiça heç qanday topşiriq bermaganini ta'kidladi.
«Şundan kelib çiqib, Din işlari böyiça qömita diniy mazmundagi materiallarni tayyorlaş va tarqatişda diniy-ma'rifiy saytlarga yönaliş va tavsiya berişi mumkin. Lekin, qaysidir saytdan qandaydir ma'lumotni oldirib taşlaş yoki olib taşlaşga majbur qiliş vakolatiga ega emas.
Şunga köra, Azon.uz saytida e'lon qilingan muayyan maqolalarni oldirib taşlaş böyiça Qömita rahbariyati tomonidan heç qanday topşiriq bölmaganini qat'iy ma'lum qilamiz.
…Bayonot yakunida, yurtdoşlarimizga yana bir bora, Din işlari böyiça qömita rahbariyati tomonidan Azon.uz sayti tahririyati va jamoasiga maqolani oldirib taşlaş böyiça bosim bölmaganini, aksinça saytda berilayotgan xabar va maqolalar keng xalq ommasiga möljallangani uçun foydali va xolis bölişi borasida doimiy hamkorlik qilib kelayotganini bildiramiz», deyiladi bayonotda.
Lekin, qömita bayonotida Dilşod Eşnayev sayt muassisi Mubaşşir Ahmadni haqorat qilgani borasida umuman heç narsa deyilmagan.
Eslatib ötamiz, Azon.uz sayti boş muharriri Abdulaziz Raimov tahririyatga bosim va tahdid bölgani sabab işdan böşaş haqida bayonot







