Özbekiston Respublikasi san'at arbobi Mahkam Muhammedov 4 fevral kuni 86 yoşida vafot etdi. Bu haqda «Kino san'ati» Telegram kanalida xabar berildi.

Özbekiston san'at arbobi Mahkam Muhammedov mamlakatdagi atoqli rejissyorlardan biri sifatida «Azizaxon» nomli televizion film, «Köngil köçalari», «Mehrobdan çayon» singari köplab ilk teleseriallarni tomoşabinlar hukmiga havola etgan. 

Şuningdek, u Çingiz Aytmatovning «Oq kema», xalq yozuvçisi Rahmat Fayziyning «Hazrati inson» nomli asarlarini ham sahnalaştirgan.

Mahkam Muhammedov Alişer Navoiyning «Layli va Majnun», Mahmudxöja Behbudiyning «Padarkuş», Hamzaning «Maysaraning işi», Nozim Hikmatning «Ajal şamşiri», Parda Tursunning «Öqituvçi», Lev Tolstoyning «Kavkaz asiri», Çingiz Aytmatovning «Birinçi öqituvçi» asarlari asosida televizion spektakllarni ham sahnalaştirgan.