AQŞning Monarch Tractor kompaniyasi dunyodagi ilk aqlli traktorni namoyiş qildi. MK4 nomli traktorlar joriy yilning kuzidan boşlab mijozlarga yetkazib berila boşlaydi.

Fermerlarning orzusi

Bir tomondan qarasa, ğayrioddiy biror narsa özgarmagan, oddiy traktorlardan farqi katta emas. Boşqa tarafdan qaraganda, qişloq xöjaligi işlari uçun hali haydovçisiz transport vositalari mavjud emasdi. Şuning uçun ham Monarch traktorlari misli körilmagan ixtiro.

Ğildirakli möjiza 3tasi 1da seriyasidan. Aniqroği, Monarch traktor sifatida işlaşidan taşqari, istalgan yerda yura oladigan transport va dala şaroitida mobil generator vazifasini ham bajara oladi.

«Biz qişloq xöjaligining hozirgi kundagi ehtiyojlarini qondiriş va fermerlar imkoniyatlarini kengaytiriş va ularga intellektual instrumentlarni taqdim etiş maqsadida fermerlar jamoasi, muhandislar va dunyo miqyosidagi olimlarni töpladik. Monarch traktori qişloq xöjaligida benazir intellekt, texnologiyalar va xavfsizlik funksiyalari bilan raqamli tranformatsiyaga yöl oçadi», deydi Monarch kompaniyasi boş direktori Pravin Penmetsa.

Haydovçisiz elektr traktor zamonaviy qişloq xöjaligidagi juda muhim quyidagi muammolarni hal qiladi:

  • işçi kuçi yetişmovçiligi bor şaroitda fermerlar aqlli qurilma va mexanizmlarga kuçli qiziqiş bildirişyapti;
  • batareyasiga 10 yillik kafolatga ega qişloq xöjaligi haydovçisiz vositasi foydalanişda oddiy traktorga nisbatan arzonroqqa tuşadi;
  • xavfsizlik va ekologik tozalik – Monarch’ning eng asosiy ustunliklari.

Traktor modellarining texnik jihatlarini batafsil yozişga hojat yöq. Zero, traktorlarning ilk partiyasi mijozlar qöliga yetib borguniga qadar, özgarişlarga uçraşi aniq. Traktor eng zamonaviy texnologiyalar bilan «qurollangan» – atrofni 360 darajada kuzatiş, qişloq xöjalik ekinlarini tanib oliş (buning uçun kunlik 240 GB.lik ma'lumotlar qayta işlanadi), avariyalarning oldini oliş, harakatlar yönalişi va qişloq xöjaligi işlarini optimizatsiya qiliş va hokazo.

Traktordan birgina fermer qança köp foydalansa, şunça yaxşi işlaydi. Traktor egasi barça operatsiya va hosildorlik prognozlari haqida hamda dalalarning holati haqida kompleks tahlillar borasida muntazam hisobotlar olib turadi.

Yangi traktorlarga 50 ming AQŞ dollaridan buyurtmalar qabul qilinyapti. Töliq modifikatsiya keyinroq taqdim qilinadi va narxi ham qimmatroq böladi.