«Botir Uluğbekov (ism-şariflar özgartirilgan) poytaxtga tirikçilik ilinjida kelgan minglab fuqarolardan biri edi. Halol kasb yuritiş hamma uçun ham zarur. Toşkentning «Minor» qabristoniga işga joylaşib, marhumlarni sönggi yölga kuzatiş işlarida aralaşib yurgan Botir belni oğritmay oson pul topişning juda antiqa usulini qöllaydi.

Ötganlar ruhini şod etiş, xotiralarini abadiylaştirişda qabrlar ustiga toş qalaş dinimizda qoralanişiga qaramay, köpçilik hamon şu uslubni afzal biladi. Qabristonga ham bunday niyatda keluvçilarning keti uzilmaydi. Botir Uluğbekov ham ana şu holatdan ustalik bilan foydalandi va muqaddam sudlangani ham uni bu harakatlardan qaytara olmadi.

Dastlab u turmuş örtoği vafot etgan Mavluda ismli ayolning işonçiga kirib, özini «Minor» nomli qabristonda qabrlarga marmar toşi yasatib, örnatib beruvçi usta sifatida körsatib, 7,5 mln söm, Farrux Turdiyevdan ham şu usulda 3,7 mln söm, Jahongir Tojiyevdan 200 AQŞ dollari miqdorida pul oladi va öz ehtiyojlari uçun işlatib yuboradi.

Vaqt ötsa-da, bu işlar bajarilmaydi va çuv tuşganlarini anglab yetgan jabrlanuvçilar huquqni muhofaza qiliş organlariga murojaat qiladi», deyiladi sud matbuot xizmati xabarida.

Sud sudlanuvçi B.Uluğbekovning jinoiy harakatlari yuridik kvalifikatsiyasiga baho berib, dastlabki tergov organi tomonidan uning harakatlari Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi - firibgarlik, ya'ni aldaş va işonçni suiiste'mol qiliş yöli bilan özganing mulkini yoki özganing mulkiga bölgan huquqni takroran, xavfli retsidivist tomonidan qölga kiritiş kvalifikatsiya belgilari bilan töğri kvalifikatsiya qilingan deb topadi.

Yakuniy hukm öqilgunga qadar 85 kun hibsda saqlangan B.Uluğbekovga sud uzil-kesil ötaş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 27,5 baravari, 6 million 132 ming 500 söm miqdorida jarima va iş haqining 15 foizi davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinladi.