«Edinburg gersogi qirol Eduard VII nomidagi klinikada qolmoqda, u bu yerda infeksiyadan davolanmoqda. U özini yaxşi his qilmoqda va davolaniş jarayoni yaxşi ketmoqda, ammo unga yana bir neça kundan keyingina javob berilişi mumkin», deya xabar bergan saroy matbuot xizmati.
Sky News telekompaniyasi xabariga köra, Filippning öğli Edvard jurnalistlarga bergan intervyusida «otasining ahvoli ança yaxşilangani» haqida aytgan. «U javob berişlarini sabrsizlik bilan kutmoqda, bu juda yaxşi, biz uni kasalxonada tutib turişimiz kerak», degan Edvard.
Avvalroq qirollik xonadonining işonçli vakili iyun oyida 100 yoşga töladigan şahzoda Filipp Londondagi qirol Eduard VII nomidagi şifoxonaga profilaktik protsedura uçun özi mustaqil harakatlangan holda yurib borganini aytgandi. Sönggi kunlarda özini yaxşi his qilmagani uçun davolovçi şifokor unga şuni tavsiya qilgandi.
Şanba kuni Filippni ziyorat qiliş uçun şifoxonaga britan taxti merosxöri, şahzoda Çarlz taşrif buyurdi.
Yanvar oyida şahzoda Filipp va Yelizaveta II yoşi keksaligi tufayli birinçilardan bölib koronavirusga qarşi vaksina qabul qilişgandi.








