Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva kommunal xizmatlar böyiça kompensatsiya olişi mumkin bölgan fuqarolar haqida ma'lumot berdi.

2021 yil 1 martdan boşlab fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatida faol iştirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uçun majburiy tölovlar böyiça bazaviy hisoblaş miqdorining 50 foizi miqdorida har oyda kompensatsiya pul tölovlarini tölab boriş tartibi joriy etiladi. Bu miqdor hozirda 122 ming 500 sömni taşkil etadi. Qarorda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatida faol iştirok etib kelayotgan köçaboşi va uyboşilarni rağbatlantiriş hamda ularga kommunal xizmatlar uçun ma'lum imtiyozlar beriş nazarda tutilgan. 

«Köçaboşi va uyboşilar faoliyatisiz mahalla tizimini boşqariş qiyin, çunki mahalla jamoaviy boşqaruvni talab qiladi. Bu imtiyoz öz işida faollik körsatgan köçaboşi va uyboşilarga nisbatan qöllanadi. Ularning faoliyati tegişli tartibda yettita mezon asosida baholanadi. 70dan oşiq ball töplagan mas'ullarga uşbu kompensatsiya tölovlari tölab beriladi», deydi vazirlik vakili AOKAda ötkazilgan brifingda.

Ma'lum bölişiça, quyidagi yönalişlarga köra kompensatsiya belgilanadi:

  • tegişli hududda köça va köp kvartirali uylardagi obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini taşkil etiş;
  • özi yaşayotgan hududdagi «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoşlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar bilan işlaş;
  • özgalar parvarişiga muhtoj keksa va nogironlarga, boquvçisini yöqotganlarga, notinç va muammoli oilalarga yordam körsatiş;
  • aholining issiqlik va elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanişlarini tarğib etiş;
  • tegişli hududda töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka-marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş masalalarida fuqarolar yiğini kengaşiga bergan takliflari bilan öziga biriktirilgan hudud osoyiştaligi va obodligi uçun kömaklaşiş;
  • aholi tinçligini buzuvçi holatlarni bartaraf etiş maqsadida fuqarolar yiğini yoki mutasaddi taşkilotlarga xabar beriş natijasida öz hududida tartibbuzarliklarning oldini oliş;
  • fuqarolar yiğini majlisi qarorlari böyiça amalga oşirilgan tarğibot tadbirlarini amalga oşiriş.

Kompensatsiyalar tölanişining töğri taşkil etilişi masalalariga tuman, şahar va mahallani qöllab-quvvatlaş bölimlari mas'ul hisoblanadi. Agar kompensatsiya olayotgan şaxs uşbu mezonlar asosida iş olib bormayotganligi aniqlansa, rağbatlantiriş muddatidan oldin töxtatiladi.

Qarorda belgilanişiça, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatida faol qatnaşayotgan köçaboşi va uyboşilarni rağbatlantiriş tariqasida ularga kommunal xizmatlar uçun majburiy tölovlar böyiça har oylik kompensatsiya pul tölovlari mahalliy budjetlarning qöşimça manbalari hisobidan amalga oşiriladi.