Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda o‘ziga tegishli bo‘lmagan 1 gektar yerni 45 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan mansabdor ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘zi ijarachi sifatida foydalanib kelgan 1 gektar yerni 45 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan mansabdor qo‘lga olindi.
DXX matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar qilishicha, Andijon viloyati tumanlaridan birining Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i mahalliy fermer xo‘jaligiga qarashli mevali bog‘dan iborat 1 gektar yer maydonidan ijara shartnomasi asosida foydalanib kelgan.
U mazkur yer maydonini tasarruf etish va uchinchi shaxsga o‘tkazish huquqiga ega bo‘lmasada, 45 ming AQSh dollariga sotib, noqonuniy daromad orttirishni rejalashtirgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur mansabdor shaxs xaridordan so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Avvalroq Parkentda besh gektar yerni 1 million dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani, Zangiotada sug‘oriladigan yer maydonini noqonuniy sotib yuborgan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Buxoroda hujjatlarni soxtalashtirish orqali yer ajratish evaziga dehqondan pora olgan shaxs qo‘lga olingani, Surxondaryoda jiyani nomiga 4,5 sotix yerni auksionsiz ajratib, uni 180 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:35 / 07.05.2026
Andijonda Davaktiv va HET xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
16:34 / 04.05.2026
Andijonda yuk mashinasi urib ketishi oqibatida piyoda vafot etdi
08:01 / 27.04.2026
Andijonda attraksion quladi: kamida 7 kishi jarohatlangan
08:43 / 22.04.2026