Şu yil 19 fevral kuni Kosonsoy tumanida yaşovçi fuqaro Namangan viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

U Namangan şahrida yaşovçi tanişi bilan tadbirkorlik qiliş uçun yer maydoni qidirib Töraqörğon tumaniga borgan vaqtida A. ismli şaxs özini tuman Kadastr bölimida işlaşini aytib, uni fermer xöjalik rahbari “R” ismli şaxs bilan taniştiradi va fermer xöjaligiga tegişli bölgan yer maydonidan 80 sotixini 25.000 AQŞ dollariga sotişlarini, kadastr hujjatlarini tayyorlaş uçun 4.000 AQŞ dollari ketişini aytib, 80 sotix yer maydoni uçun jami 29.000 AQŞ dollari söraşganini bildirib, uşbu şaxslarning harakatlari qonuniyligini tekşirib berişni söragan.

Mazkur arizaga asosan, şu kuni Namangan viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbir davomida A. va R. ismli şaxslar fuqaro va uning şerigidan 16.500 AQŞ dollarini pora berişga dalolat qilib, firibgarlik yöli bilan olgan vaqtlarida uşlanib, xolislar iştirokida 16.500 AQŞ dollari daliliy aşyo sifatida olingan.

Hozirda uşbu holat yuzasidan Töraqörğon tuman IIB TB tomonidan 2020 yil 24 fevral kuni JKning 168-moddasi 3-qismi va 25,211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.