Bu haqda Samarqand viloyat içki işlar boşqarmasi axborot xizmati Kun.uz`ga xabar bermoqda.

Mazkur voqea yuzasidan Bulunğur tumanida yaşovçi fuqarolardan biri viloyat içki işlar boşqarmasiga ariza bilan ma'lum qilib, qonunbuzarga nisbatan çora körişni söragan.

Uşbu arizaga asosan Samarqand viloyat IIB jinoyat-qidiruv boşqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan Bulunğur tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida M.A yerni 300 million sömga sotişga kelişib, oldindan 50 million sömini olayotganida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bulunğur tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan fermer xöjaligi raisiga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.