Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchta hududda ijtimoiy ijara uchun 90ta ko‘p qavatli uylar quriladi – Senat
Avvalroq, moliya vaziri ipoteka maqsadida tijorat banklariga budjetdan 11 trillion so‘m mablag‘ resurs sifatida joylashtirilishini aytgandi.
Senat qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev Xalqaro press-klub sessiyasida past daromadli aholining ijtimoiy ijarada yashashi uchun davlat tomonidan uy-joy qurish borasidagi vazifalar haqida gapirdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinishicha, ilk bor O‘zbekistonning 3ta hududida ijtimoiy ijara uchun qo‘p qavatli xonadonlar quriladi.
«Prezidentimiz tomonidan dastlabki eksperiment tarzida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 30tadan, jami 90ta ko‘p qavatli uylar qurilishi belgilandi.
Bu uylar aholiga nominal miqdorda ijaraga beriladi. Ular davlatdan olgan xonadonda yashab nominal to‘lashadi. Tejalgan mablag‘lari hisobidan esa ipoteka krediti orqali uy-joy sotib olishga sarflash imkoniyati yaratiladi», – dedi parlament vakili.
Shuningdek, press klubda kam daromadli oilalar uchun beriladigan kredit imtiyozlari xususida ham so‘z bordi. Aytilishicha, narxi 200 million so‘m bo‘lgan uyning boshlang‘ich to‘lovi 33 million so‘m bo‘ladi. Ammo uni to‘lashga imkoniyati yo‘q oilalar bor.
«Birinchidan, dastlabki badal to‘lovi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Agar birinchi badal 33 million so‘m bo‘lsa, uning 22 million so‘mi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi (qaytarmaslik sharti bilan). Qolgan 11 million so‘mni fuqaroning o‘zi to‘laydi.
Demak, dastlabki badalning 5 foizini imkoniyatini qiladigan odam albatta shu uy-joyga ega bo‘lishi mumkin», dedi Erkin Gadoyev.
Yana aytilishicha, kam ta'minlangan oilalar uchun kreditning 10 foizdan yuqori qismi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
Masalan, tijorat banklari kreditni 18 foizda bergan bo‘lsa, uning 10 foizini uy olmoqchi bo‘lgan fuqaro qoplaydi, 8 foizini esa davlat hisobidan (subsidiya) beriladi.
«Yana bir masala, kreditlar 6 oylik imtiyozli muddat bilan beriladi. Yarim yil davomida hech qanday foizlar hisoblanmaydi. Bundan tashqari, kreditning muddati 20 yil qilib belgilandi. Past daromadli aholi qatlami, ayniqsa yoshlarimiz uy-joyga ega bo‘lishiga imkoniyatlar kengayadi.
33 foiz o‘rtacha 200 million so‘mga to‘g‘ri kelsa, shuning 10 foizi miqdorida o‘zi to‘laydi. Bir yil davomida 20 million so‘mni to‘lab boradi. Qolgan 18 foiz bo‘ladigan bo‘lsa, 8 million so‘mi davlat budjetidan to‘lab beriladi. Bir yilda 20 million so‘m bo‘ladigan bo‘lsa, bu oyiga o‘rtacha 1 million 200 -1 million 300 ming so‘mga to‘g‘ri keladi. Bu hozirgi ijara to‘lovidan past», – dedi Senat qo‘mitasi raisi.
Avvalroq, 2021 yil yakunigacha og‘ir turmush sharoitiga tushib, boshpanasiz qolgan ming nafar ayol ijtimoiy ijara asosida uy-joy bilan ta'minlanishi xabar qilingandi. Buning uchun hududlarga mingta kvartira sotib olish uchun mablag‘ ajratilishi aytilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti 2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta'minlash zarurligi to‘g‘risida gapirgandi.
Mavzuga oid
13:46 / 13.07.2026
2025 yilda uy-joy narxlari pasaydi, oldi-sotdi ko‘paydi - Markaziy bank tahlili
18:36 / 05.07.2026
Kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya beriladi
19:48 / 03.07.2026
«Uyim renovatsiyaga tushsa nima bo‘ladi?» – Eng dolzarb savollarga javoblar
11:58 / 01.07.2026