Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turistlar uchun to‘laligicha ochiq mamlakatlar nomi ma'lum qilindi
Qayd etilishicha, fevral holatiga 69 mamlakat xorijliklar uchun yopiq bo‘lgan. Yana 73 mamlakat o‘z chegaralarini qisman yopgan.
Albaniya / Foto: Getty Images
Xorijlik turistlar faqat besh mamlakat: Albaniya, Dominikan Respublikasi, Tanzaniya, Kosta-Rika va Shimoliy Makedoniyaga hech qanday cheklovlarsiz kira olishlari mumkin. Bu haqda Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) hisobotida ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, fevral holatiga 69 mamlakat xorijliklar uchun yopiq bo‘lgan. Yana 73 mamlakat o‘z chegaralarini qisman yopgan. Shu bilan birga, 70 mamlakat turistlardan karantin o‘tashni yoki koronavirusga manfiy test natijasini talab qilmoqda.
UNWTO hisobotida aytilishicha, koronavirusning yangi shtammlari tarqalishi mamlakatlarni yanada qat'iy choralar ko‘rishga majbur qilgan.
«Turizmni tiklash ustida ishlar ekanmiz, cheklovlar muammoni yechishning bir qismi ekanligini tan olishimiz lozim. Cheklovlar oxirgi ma'lumotlar va tahlillar asosida joriy etilishi hamda muntazam tekshirib turilishi kerak», — dedi UNWTO rahbari Zurab Pololikashvili.
Mavzuga oid
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
21:05 / 21.11.2025
Turizm qo‘mitasi tashkil etildi
21:47 / 18.11.2025
Dunyoda sayyohlar uchun eng ardoqli bo‘lgan mamlakat ma’lum qilindi
18:15 / 24.10.2025