Toşkent xalqaro aeroportida koronavirusga qarşi test tahlillarini oliş huquqi «Tibbiyot dunyosi» MÇJga berilgani haqidagi maqolada keltirilgan ayrim faktlarga nisbatan klinika rahbari va ta'sisçisi Aslam Böriyev özining munosabatini bildirdi. Şuningdek, A.Böriyev singapurlik tadbirkor bilan boğliq munosabatlariga doir qöşimça ma'lumotlarni taqdim etdi.

«Ta'kidlaşni istar edimki, maqolada töliq bölmagan ma'lumotning berilişi men va men asos solgan «Tibbiyot dunyosi» MÇJga nisbatan fuqarolarda turli şubha va gumonlar uyğonişiga sabab böldi. Şu bois maqolada yodga olingan ayrim holatlarning yakuni nima bilan tugaganini aytib berişga qaror qildim», deydi Aslam Böriyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda. 

«Haqiqatan ham «Tibbiyot dunyosi» MÇJning Singapur davlatida joylaşgan «PROFIL TRADING RTe LTD» kompaniyasi örtasida öziga yaraşa kelişmovçilik va nizolar bölgan.  

Jumladan, Özbekistonda joylaşgan «PROFIL ENTERPRISE» çet el iştirokidagi MÇJ rahbari, hindistonlik Mohamed Ali Prem Nazir 2017 yildan boşlab respublika boş prokurori va boşqa idoralarga şikoyatlar yöllab, unda Singapurning «PROFIL TRADING PTE LTD» kompaniyasi hamda «Tibbiyot dunyosi» MÇJ örtasida 2015 yil 23 iyunda imzolangan qiymati 1 097 580 AQŞ dollariga teng import şartnomasiga köra «PROFIL TRADING PTE LTD» kompaniyasi Hindistonda işlab çiqarilgan «Gepatit-B» virusiga qarşi vaksinani Özbekistonga yetkazib berişi közda tutilgani, kompaniya şartnoma talablarini bajargan bölsa-da, «Tibbiyot dunyosi» MÇJ import qilingan vaksinalar uçun mablağlarni tölab bermaganini bildirgan.

 Uşbu murojaatlar Çilonzor tumani prokuraturasi, Toşkent şahar hamda Boş prokuraturalarda mazmunan körib çiqilib, mening harakatlarimda jinoyat alomatlari bölmagani sababli, Prem Nazirga holat yuzasidan iqtisodiy sudlarga murojaat etiş huquqi tuşuntirilgan.

Ammo, Prem Nazir nizo böyiça sudga murojaat etmay, çet elda röyxatdan ötgan sayt orqali 2018 yil 3 may kuni «Missiya ne vypolnima: indiyskiy investor ne mojyet vernut dengi v Uzbekistane» sarlavhasi ostida maqola e'lon qildirgan. Uşbu maqola e'lon qilinişi ortidan menga nisbatan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi tegişli bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Mazkur jinoiy iş mening harakatlarimda jinoyat alomatlari bölmaganligi sababli, 2019 yil 9 oktyabr kuni JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan iş yurituvdan tugatilgan.

Şundan keyin, Prem Nazir, Özbekistondagi «PROFIL ENTERPRISE» MÇJ hamda Singapurdagi «PROFIL TRADING RTe LTD» kompaniyalari nomidan Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da'vo ariza kiritgan. Uning da'vo talablari barça sud instansiyalarida rad etilgan. Xususan, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay'atining 2020 yil 12 noyabrdagi qarori bilan da'vogar Prem Nazirning barça talablari asosciz bölganligi, şuningdek, uning sudlarga murojaat etiş huquqi bölmaganligi sababli rad etilib, yakuniy qaror qabul qilingan.

Şunga qaramay, P.Nazir mening şa'nim va qadr-qimmatimga putur yetkazuvçi ma'lumotlarni tarqatib, tuhmat qilgani uçun uning ustidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga şikoyat qilganman, hozirda suriştiruv işlari ötkazilmoqda», deydi «Tibbiyot dunyosi» MÇJ rahbari Aslam Böriyev.