Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Tokio Olimpiadasini xorijlik tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qildi
Bu masala o‘tgan haftada Yaponiya hukumati vakillarining Xalqaro olimpiya va paralimpiya qo‘mitalari vakillari bilan o‘tkazgan onlayn uchrashuvida ko‘tarilgandi.
Yaponiya bu yil yozda Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarini xorijlik tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar bermoqda.
Bu masala o‘tgan haftada Yaponiya hukumati vakillarining Xalqaro olimpiya va paralimpiya qo‘mitalari vakillari bilan o‘tkazgan onlayn uchrashuvida ko‘tarilgandi.
Xabarda aytilishicha, bu boradagi rasmiy qaror hukumat va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi vakillarining kelasi haftada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida rasman qabul qilinadi.
NHK telekanalining xabar berishicha, 25 mart kuni Yaponiyada olimpiya mash'alasi estafetasining boshlanish marosimi ham tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin.
Yozgi Olimpiada o‘yinlari 2020 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha Tokioda bo‘lib o‘tishi lozim edi, ammo koronavirus pandemiyasi sababli o‘yinlar 2021 yilga qoldirilgandi. Olimpiada shu yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha, Paralimpiada esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
08:34 / 19.05.2026
Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
17:15 / 27.04.2026