Yuqorida iş taşlaş jumlasini nega qöştirnoqda yozdik? Çunki, Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qabul qilinganiga 25 yildan oşgan bölsa-da, rivojlangan demokratik davlatlarda xodimlarning uzviy huquqi hisoblanadigan iş taşlaş masalasi Özbekiston qonunçiligiga kiritilişi unçalik xuşlanmaydigan masalalardan biri bölib qolmoqda.

Iş taşlaş özi nima?

Iş taşlaş – mehnat nizolarini hal qiliş usullaridan biri bölib, biror taşkilot yoki korxonada iş beruvçi bilan xodimlar örtasida jamoaviy mehnat nizosi vujudga kelganda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy talablarining korxona yoki hukumat darajasida qondirilişiga erişiş maqsadida jamoaviy tarzda işlarni töliq yoki qisman töxtatişni özida ifodalaydi.

Quyida mavzuni yaxşiroq tuşunib oliş uçun ayrim misollar keltiriladi:

Xorij amaliyotiga nazar

Dunyo yangiliklarida qaysidir davlatda qaysidir soha işçilari iş taşlaş uyuştirgani haqida tez-tez öqib turamiz.

Ğarb davlatlarini qöya turib, qonunçilikda özimiz uçun etalon sifatida köriladigan possovet davlatlarida belgilangan qoidalar bilan qiziqsak maqsadga yaqinlaşgan bölamiz. Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozoğiston