Dunyoning eng boy odami Jyeff Bezosga tegişli Amazon kompaniyasining Germaniyadagi işçilari mehnat şaroitlaridan norozilik sifatida iş taşlaş ötkazişmoqda.    

Verdi kasaba uyuşmasi ma'lumotlariga köra, 21 dekabrda boşlangan iş taşlaş 24 dekabrgaça davom etişi va unda 1,7 ming kişi iştirok etişi kutilmoqda.   

“Xodimlar korporatsiya milliardlab foyda olayotgani, biroq işçilarga jamoaviy şartnoma şartlari böyiça haq tölaşdan boş tortayotganiga qarşi norozilik bildirişmoqda”, deb aytilgan kasaba uyuşma xabarida. 

Ta'kidlanişiça, kompaniya xodimlari katta zöriqiş bilan işlaşmoqda, bu esa pandemiya şaroitida ularning soğliğiga salbiy ta'sir qilişi mumkin. Şu sababli xodimlar maoşlari oşirilişini talab qilişmoqda.     

Öz navbatida Amazon vakillarining ta'kidlaşiça, xodimlar munosib maoş olmoqda.

Ta'kidlanişiça, 5 yil avval Amazon omborlarida joriy qilingan robotlar xodimlar mehnatini osonlaştirmay, aksinça qiyinlaştirgan, endilikda ular 4 marta tezroq işlaşlariga töğri kelmoqda. Bundan taşqari, omborlarning robotlaştirilişi xodimlar orasida jarohat olişlar sonining rekord darajaga yetişiga olib kelgan.