Kasaba uyuşmasi vakillarining ta'kidlaşiça, Airbus‘ning biznesni qayta taşkillaştiriş va ommaviy qisqartirişlar bilan boğliq çoralari “haddan taşqari” hisoblanadi va kompaniya bu bilan öz yetkazib beruvçilariga yomon örnak körsatmoqda. Ma'lum qilinişiça, iş taşlaş aksiyasiga 8 ming işçi qöşilgan. Norozilar Fransiyadagi Tuluza-Blanyak aeroporti uçiş-qöniş yölaklaridan biri böylab yurib ötişni rejalaştirişgan.
Airbus vakillari uşbu noroziliklarga izoh beriş iltimosiga iyun oxirida kompaniya boş direktori Giyom Fori bergan bayonotga işora qilişgan. Forining bayonotda ta'kidlaşiça, aviatsiya sohasi öz tarixidagi eng oğir inqirozga töqnaş kelgan.
Airbus pandemiya sababli inqiroz yoqasiga kelib qolgan. 2020-2021 yillar davomida kompaniya mahsulotlar işlab çiqariş hajmini 40 foizga qisqartiradi. Jumladan, eng xaridorgir A320 seriyasidagi samolyotlardan oyiga köpi bilan 40 tadan çiqariş rejalaştirilgan. Vaholanki, 2019 yilda oyiga işlab çiqariladigan samolyotlar sonini 60 tadan 63 tagaça oşiriş muhokama qilingan.

















