Vazirlar Mahkamasining “Superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub uruğlik şoli yetiştiriş uçun uruğçilik xöjaliklarini tanlaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatda qayd etilişiça, respublikada şolidan yuqori va barqaror hosil yetiştiriş uçun şoli yetiştiruvçi xöjaliklarni navdor, avlodli va sertifikatlangan uruğlik bilan ta'minlaş zarur.

Jumladan:

  • uruğlik şoli yetiştiruvçi fermer xöjaliklari, klasterlar örtasida uruğlik yetiştiriş uçun uruğlik şoli yetiştiruvçilar tanlovini ötkaziş tartibi işlab çiqilmagan;
  • amalda şoli uruğçiligi tizimli yölga qöyilmagani sababli bugungi kunda tozalangan, saralangan va sertifikatlangan uruğliklarni tayyorlaş va şoli yetiştiruvçi xöjaliklarga kafolatli yetkazib beriş imkoniyati mavjud emas.

Ta'kidlanişiça, 2021 yil hosili uçun asosiy maydonlarga 66,7 ming gektar va takroriy maydonlarga 62,6 ming gektar şoli ekilişi belgilangan bölib, jami 22 ming tonna uruğlik talab etiladi.

Bugungi kunda şoli uruğçiligi faqatgina ilmiy-tadqiqot muassasalarida yölga qöyilgan. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida yetiştirilgan uruğlik şoli respublikadagi barça şoli maydonlariga yetişmaydi. Asosiy şoli yetiştiruvçilar uzoq muddatlarda öz maydonlaridan uruğlik tayyorlab kelmoqda va buning natijasida yetiştirilayotgan şoli hosildorligi pasaymoqda.

2020 yilda Şoliçilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm filialida 351,4 tonna, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpoğiston Respublikasi ilmiy tajriba stansiyasida 264 tonna, jami 615,4 tonna avlodli, sertifikatlangan uruğliklar tayyorlangan bölib, respublika şoli maydonlari uçun 21,4 ming tonna avlodli uruğlik şoli talab etiladi.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • uruğlik şoli yetiştiriş böyiça tanlov ötkaziş uçun ariza qabul qiliş e'lon qilingan kundan boşlab 20 kun davomida amalga oşiriladi;
  • tuman işçi guruhi uruğlik şoli yetiştiriş huquqiga ega böliş uçun uruğlik yetiştiruvçi sub'yektlar örtasida hujjat qabul qiliş yakunlangan kundan boşlab 10 kun davomida tanlov ötkazadi;
  • superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub uruğlik şoli yetiştiriş huquqiga ega böliş uçun tanlov ötkaziş böyiça hujjatlar yuritiladi;
  • uruğlik şoli yetiştiriş huquqiga ega bölgan tanlov ğoliblarining vazifalari va funksiyalari belgilab beriladi.

Ta'kidlanişiça, qaror loyihasining qabul qilinişi orqali:

  • birinçidan – şoli yetiştirişda imkoniyati yuqori bölgan xöjaliklar tanlab olinadi va ular tomonidan kafolatlangan avlodli uruğliklar yetiştirişga erişiladi;
  • ikkinçidan – şoliçilik yönalişida uruğçilik tizimi yölga qöyiladi hamda sertifikatlangan avlodli uruğliklar tayyorlanadi;
  • uçinçidan – şoli yetiştiruvçi xöjaliklarda sertifikatlangan avlodli uruğlik ekilişi hisobiga hosildorlik oşişiga erişiladi.