Jahon | 15:04 / 16.03.2021
2824
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada AstraZeneca vaksinasidan foydalanish vaqtincha to‘xtatildi

Vaksinadan foydalanish Yevropa dori vositalari agentligi tomonidan preparatning ehtimoliy nojo‘ya ta'sirlarini o‘rganish yakunlanguniga qadar to‘xtatib turiladi. 

Foto: RIA Novosti

Shvetsiyada AstraZeneca shved-ingliz kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Shvetsiya sog‘liqni saqlash agentligi xabar berdi.

Vaksinadan foydalanish Yevropa dori vositalari agentligi tomonidan preparatning ehtimoliy nojo‘ya ta'sirlarini o‘rganish yakunlanguniga qadar to‘xtatib turiladi. 

Agentlikning qayd etishicha, Astra Zeneca vaksinasi koronavirusga qarshi kuchli himoya bilan ta'minlaydi, hozirga qadar 17 mln doza vaksinadan foydalanilgan. Shvetsiyaning o‘zida emlanganlarda nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan.   

Avvalroq Yevropaning o‘ndan ortiq davlatlari emlanganlarda tromblar hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatgandi.   

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyyesus vaksinalar xavfsizligi bo‘yicha maslahat kengashi AstraZeneca vaksinasidan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishini ma'lum qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid