Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarus prezidentligiga nomzodlarni ma'lum qildi
U nomzodlar sifatida Grodno oblasti gubernatori Vladimir Karanik va oblast bo‘yicha o‘z yordamchisi Yuriy Karayevni tilga oldi.

Foto: BelTA
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yangi prezident saylovi uchun nomzodlar borligini ma'lum qildi. Bu haqda Tut.by xabar bermoqda.
U nomzodlar sifatida Grodno oblasti gubernatori Vladimir Karanik va oblast bo‘yicha o‘z yordamchisi Yuriy Karayevni tilga oldi.
«Ular prezident saylovida qatnashishi mumkin. Ular kuchli nomzodlar bo‘ladi. Biri general, ikkinchisi gubernator», — dedi Lukashenko.
Avvalroq Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Tixanovskaya 2021 yilda mamlakatda yangi prezident saylovi bo‘lib o‘tishiga umid bildirgandi.
Lukashenko saylov to‘g‘risida gapirarkan, o‘g‘illari prezidentlikka da'vo qilmasligini bir necha marta ta'kidlagan.
Vladimir Karanik ilgari mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lib ishlagan. 2020 yil avgustda Grodno oblasti gubernatori etib tayinlangan.
Yuriy Karayev 2012 yildan 2019 yilgacha ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, keyinroq vazir sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2020 yil iyunda Grodno oblasti bo‘yicha Lukashenkoning maslahatchisi etib tayinlangan.
Mavzuga oid

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:13 / 21.06.2025
Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi

20:28 / 07.05.2025