Jahon | 15:56 / 05.04.2021
5837
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston janubida keng miqyosli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Mashg‘ulotlar aprelning ikkinchi yarmida «Sumbulak», «Momirak» va «Harbmaydon» poligonlarida o‘tkaziladi.

Foto: Ilya Pitalev

Xatlon garnizonining uchta harbiy poligonida Tojikiston qurolli kuchlari bosh shtabi tomonidan tashkil etilgan keng miqyosdagi operativ taktik mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlarda mamlakat kuchishlatar tuzilmalari vakillari, Xatlon oblasti rezervchilari, respublika davlat organlari xodimlari, Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasining askar va ofitserlari ishtirok etadi.

 Mamlakat mudofaa vazirligi matbuot kotibi, polkovnik Faridun Mahmadalizodaning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar aprelning ikkinchi yarmida «Sumbulak», «Momirak» va «Harbmaydon» poligonlarida o‘tkaziladi.

 Harbiy mashg‘ulotlarga zirhli texnika, artilleriya va aviatsiya jalb etiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid