«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Markaziy kengaşi raisi Alişer Qodirov Hisob palatasining 2020 yil uçun bayonoti böyiça öz fikrlarini bildirdi.
Partiya fraksiyasi tomonidan Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga e’tiroz bildirilgan.
«Biz taşqi qarzni taraqqiyot uçun zarurat deb bilamiz. Uning samarasiz işlatilişi yöl qöyib bölmaydigan holatdir», dedi Alişer Qodirov.
Hisob palatasi ma’lumotlariga köra, Xitoy Eksimbankidan jalb qilingan 156,4 million dollar mablağ hisobiga barpo etilgan Angren şina zavodi 3 million dona şina işlab çiqarişi va şinalar «ÖzAvtoMotors»da import örnini qoplaşi kerak edi.
«Angren şina zavodi quvvatining 15 foizida işlamoqda. Omborida 100 mingta şina sotilmay turibdi. Sababi doimgidek, sifat talabiga javob bermaydi. Öz navbatida, sönggi ikki yilda «ÖzAvtoMotors» 60 million dollarga yaqin mablağga şina import qilgan», deya ta’kidladi «Milliy tiklaniş» partiyasi raisi.
Ma’lumot uçun, Angren şina zavodi 2017 yilda Xitoyning «Poly Technologies» kompaniyasi tomonidan qurilgan, loyihani Xitoy Eksimbanki moliyalaştirgan. 2018 yil iyul oyidan zavodda işlab çiqariş jarayoni boşlangan. Zavod 30 gektar maydonda joylaşgan bölib, uni qurişdan asosiy maqsad birinçi bosqiçda yengil avtomobillar uçun şinalar işlab çiqariş bölsa, ikkinçi bosqiçda konveyer tasmalari va qişloq xöjaligi texnikalari uçun şinalar işlab çiqarilişi közda tutilgan edi. Bu loyihaning mahalliy taşabbuskori «Özkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.
Şu örinda raqamlarga e’tibor qaratadigan bölsak, maşina asbob-uskunalari Özbekiston importida juda katta uluşni egallaydi. Xususan, birgina joriy yilning yanvar-fevral oylarida maşina va asbob-uskunalar importi 1 milliard 63,5 million dollarni taşkil qilgan. Taqqoslaş uçun, bu raqamlar umumiy importning (3 milliard 25,1 million dollar) uçdan bir qismini taşkil qilgan. Bitta savol tuğiladi: çorak asrdan beri maşinasozlik tarmoği mavjud bölgan mamlakat umumiy importining uçdan bir qismini haligaça şu soha mahsulotlari egallamoqda.
















