Joriy yilning yanvar-fevral oylarida respublika tashqi savdo aylanmasi 4,5 milliard dollarga teng bo‘lganligi ma'lum qilingandi. O‘tgan yilning tegishli davriga qiyoslaganda eksport ham, import ham qisqarishda davom etmoqda.
Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, TSA tarkibida eksport 1 milliard 494,6 million dollar, import esa 3 milliard 25,1 million dollarni tashkil etib, tashqi savdoning salbiy saldosi 1,5 milliard dollardan oshib ketgan. Umuman olganda yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 23,8 foizga kamaygan. Shundan mos ravishda eksport hajmida 43,2 foiz, import hajmida esa 8,3 foiz pasayish qayd etilgan. Eksport hajmining bunday keskin kamayishini joriy yilning dastlabki ikki oyida umuman oltin eksport qilinmaganligi bilan izohlash mumkin.
Ma'lumot uchun, 2020 yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari bo‘yicha respublika tashqi savdo aylanmasidagi eksport hajmining 38,3 foizini oltin egallagan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan 5ta davlat: Afg‘oniston (107,3 million dollar), Qirg‘iziston (64 million dollar), Tojikiston (45,7 million dollar), Kanada, (41,9 million dollar), Turkiya (26,1 million dollar), va Eron (6,9 million dollar) bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolgan.
Joriy yilning dastlabki ikki oyida respublika TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (20,1 foiz), Rossiya (18,7 foiz), Qozog‘iston (13 foiz), Turkiya (8,9 foiz), Janubiy Koreya (3,9 foiz), Qirg‘iziston (2,6 foiz) va Afg‘oniston (2,4 foiz) bilan savdo aloqalarida qayd etilgan.
Bundan tashqari, 2021 yilning yanvar-fevral oylarida MDH mamlakatlari bilan savdo aloqalari sezilarli darajada o‘sib, umumiy TSAning 41,6 foizini tashkil etgan. Taqqoslash uchun 2020 yilda bu ko‘rsatkich 32 foizni tashkil etgandi.
2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eksportining tarkibi:
- to‘qimachilik mahsulotlari – 397,9 million dollar;
- xizmatlar – 288,3 million dollar;
- rangli metallar – 176 million dollar;








