«Yuksaliş» umummilliy harakati majlislar zalida Senatning xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi. Unda Özbekistonning AQŞ va XXRdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining hisoboti tinglandi.
Özbekistonning XXRdagi favqulodda va muxtor elçisi Baxtiyor Saidov sönggi yillarda ikki davlat örtasida amalga oşirilgan iqtisodiy-siyosiy aloqalar va investitsiyaviy loyihalar haqida töxtalib ötdi.
«Yöl xaritalariga istiqbolsiz va xom loyihalar kiritilgani, xitoylik investorlarning moliyaviy şaroiti yaxşi örganilmagani va loyihalarni amalga oşiriş uçun yetarli kapital yöqligi, loyihalar sifatiga emas, balki raqamlar ortidan quviş prinsipi asosida işlab çiqilişi va istiqbolli rejalarning respublika vazirlik va idoralarida uzoq muddatli davrda körib çiqilişi ularni amalga oşirişda sun'iy tösiqlarni yuzaga keltirmoqda. Şuningdek, ba'zida Xitoy tomoni nomaqbul şartlarni ilgari surgan holatlar ham uçrab turibdi», deya Baxtiyor Saidovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ta'kidlanişiça, 2019 yilda Xitoydan Özbekiston iqtisodiyotiga 510 million dollar, 2020 yilda esa 730 million dollar töğridan töğri investitsiya jalb qilingan. Xitoy Özbekistonga investitsiya kiritiş böyiça ötgan yilda birinçi örinni egallab, jalb qilingan umumiy investitsiyada Xitoyning uluşi 26,2 foizni taşkil qilgan.
Baxtiyor Saidov ma'lum qilişiça, 2017 yilga qadar Özbekistonning birorta qişloq xöjaligi mahsulotini Xitoy bozoriga olib kirişga ruxsatnomasi bölmagan. Oxirgi yillarda 16 turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlarini XXR bozoriga olib kirişga ruxsatnoma olingan.
Şuningdek, kambağallikka qarşi kuraşiş va soğliqni saqlaş sohasida parlamentlararo aloqalarning yölga qöyilişi Özbekiston uçun foydali bölişi ta'kidlandi.
Ma'lumot uçun, oxirgi 3 yilda Xitoy Özbekistonning asosiy savdo şerigi sifatida qayd etib kelinmoqda. 2020 yilda Özbekiston va Xitoy örtasidagi özaro savdo hajmi 6,43 milliard AQŞ dollarini taşkil qilgan. Şundan 1,93 milliard dollar eksport uluşiga, 4,5 milliard dollar import uluşiga töğri kelgan. Örtadagi salbiy savdo saldosi – 2,57 milliard dollar.
















