Taşkilotçilarning sözlariga köra, harakat mehmonlari sifatida uç mingdan ortiq yoş yigit va qizlar röyxatdan ötgan. Iştirokçi sifatida eng köp talabgor sport musobaqalariga – ular soni 1800 nafardan oşdi. Xususan, Laser run zamonaviy beşkuraş qoidalari asosidagi musobaqalarda qatnaşiş istagini bildirganlar soni 120 nafarni taşkil etmoqda.

Bloger va musiqaçi Nikita Makarenko rahbarligi ostida bölib ötadigan Tashkent Voice Fest vokal ijroçilar tanlovida qatnaşiş uçun 100dan ortiq ariza kelib tuşgan.
Rayterlar örtasidagi Street Art – graffiti rassomlari tanlovi hozirga qadar 38ta ariza töplagan. Maşhur xoreograf Sergey Zlotnikov rahbarligi ostidagi raqs festivali - Tashkent Dance Fest'da qatnaşuvçilar soni esa 80 nafarni taşkil etmoqda.

Şuningdek, Toshkent beş taşabbus harakati doirasida “Zakovat” intellektual turniri ham bölib ötadi. Taniqli bloger, klub bilimdoni Xuşnudbek Xudoyberdiyev rahbarligida ötkaziladigan turnirda 200dan ortiq jamoa iştirok etişga niyat bildirgan.
Eslatib ötamiz, Toshkent beş taşabbus harakati 2021 yil bahorining eng yirik voqeasi bölişi va'da qilinmoqda. Kutilayotgan tadbir mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beşta taşabbusning barça sohalarini qamrab oladi.

Harakat taşkilotçisi – Toshkent şahar hokimligi. Tadbirni ötkaziş uçun 37,5 ming kvadrat metr maydonda şahar içida maxsus şahar bunyod etilmoqda. Uning dekoratsiyalari yengil konstruksiyalardan şakllantirilmoqda. Tadbirga nafaqat iştirokçi, balki mehmon sifatida ham taşrif buyuriş mumkin. Uning doirasida biznes, dizayn, axborot texnologiyalari, sport va boşqa sohalarda muvaffaqiyatga erişgan insonlar bilan uçraşuvlar bölib ötadi. Tadbirning har bir kuni esa quvnoq musiqiy raqs keçasi bilan yakunlanadi. Maşhur didjyeylar Trace va Roger Gunn keçki şoularning rezidentlari bölişadi.
Eslatib ötamiz, röyxatdan ötiş harakatning rasmiy saytida amalga oşiriladi: www.toshkent21.uz.







