Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya bosh vaziri yaqinda tayinlangan sog‘liqni saqlash vazirini iste'foga chiqardi
"Gap men uning ishidan qoniqmaganimda emas, muammo shundaki, biz vazirlik qanday faoliyat ko‘rsatishi kerakligiga turlicha qaraymiz", - dedi Andrey Babish.
Yaqinda Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan Yan Blatni hukumat rahbari Andrey Babish bilan qarashlari to‘g‘ri kelmagani uchun iste'foga chiqarildi.
"Gap men uning ishidan qoniqmaganimda emas, muammo shundaki, biz vazirlik qanday faoliyat ko‘rsatishi kerakligiga turlicha qaraymiz", - dedi Babish.
Babish sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarishiga tezkorlik bilan javob qila olishi kerakligini bir necha bor ta'kidlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Blatnining iste'fosiga vazirning muomala qilishni bilmasligi sabab bo‘ldi.
"Uning tajribasi yo‘q edi", - dedi Chexiya bosh vaziri.
Blatnining o‘rniga Praganing Vinogradi rayoni shifoxonasi bosh shifokori Petr Arenberger vazir etib tayinlandi.
Mavzuga oid
09:38 / 12.06.2026
JCh-26. Koreyslar kambek amalga oshirdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026