Dunyo iqtisodiyotidagi asosiy arteriyalardan biri bölgan Suvayş kanali «Ever given» kemasi sayozlikka turib qolişi sabab 6 kun yopiq turdi. Kanal orqali harakatni töliq töxtatib qöygan «Evergreen» transport kompaniyasiga tegişli dunyodagi eng yirik konteyner taşuvçilardan birini sayozlikdan çiqarib oliş misrlik Abdulla Abduljavodning çekiga tuşgandi...

Öşa paytda atrofda boşqa ekskavatorlar bölmagani uçun u kuniga 21 soatdan işladi. Abdulla kiçkinagina ekskavatorida tuşliksiz, tanaffussiz tuproq qazidi, sutkasiga 3 soatdan uxlay oldi, xolos.

Abdulla Abduljavodning aytişiça, kemaning haybatidan çöçigan boşqa ekskavatorçilar bu işdan boş tortişgan. Çunki tuproq qazib olinayotgan paytda kema bir tomonga oğib ketişi, undagi konteynerlar ekskavatorlarning ustiga qulaşi ehtimoli yuqori edi. Bir neça kun ötibgina boşqa ekskavatorçilar yordamga kelgan.

Bu paytga kelib qirğoqqa taqalib qolgan kema burni ostidan minglab tonna tuproq qazib çiqarilgan edi. Yordamga kelgan ekskavatorçilar faqatgina qazib olingan qum uyumlarini sarişta qiliş bilan şuğullanişgan. Beş kunlik maşaqqatli mehnatdan söng 400 metr uzunlikdagi «Ever Given» kemasi sayozlikdan qözğaldi va Misr iqtisodi uçun juda muhim bölgan Suvayş kanalida kemalar harakati tiklandi.

Voqea tarixi

23 mart kuni «Evergreen» transport kompaniyasining konteyner taşuvçi yirik kemasi Suvayşda sayozlikka ötirib qolib, kanal orqali harakatni töliq töxtatib qöyadi. Suv siğimdorligi 200 ming tonnani taşkil qiluvçi kema kanalga köndalang turib qolgaç, ikki tomonlama harakatni tösib qöydi. Bortida 18 mingdan ortiq oğir konteynerlar bölgan kemani burişga urinişlar besamar ketdi, buksirlarning kemani siljitişga harakatlari natija bermadi.

Kema 2018 yilda Yaponiyaning «Imabari Shipbuilding» kemasozlik kompaniyasi tomonidan qurilgan bölib, uning uzunligi 400 metr, eni 58,8 metrga teng. Kema 20 100 dona standart dengiz konteynerlarini (uzunligi 6,1 metr, eni 2,44 metr va balandligi 2,59 metrli) taşişga möljallangan. Haybatli «Ever given» 199,5 ming tonna yukni taşiy oladi.

Xitoydan Niderlandiyaning Rotterdam portiga borayotgan konteyner taşuvçi Örta Yer dengizi va Qizil dengizni boğlovçi kanalda kemalar qatnovini töliq töxtatib qöygani ortidan 24 soat içida Brent markali neftning narxi 5,77 foizga, WTI neftining narxi esa 5,14 foizga qimmatladi. Hodisa tufayli Suvayş kanalida 300dan ortiq kemadan iborat tirbandlik paydo böldi.

Dastavval kemani sayozlikdan çiqarib oliş uçun turli usullar sinab körilişi, masalan, kemani buksirlar bilan tortiş, çuqurlikka tortiş va kema burni tagidagi qumni oliş samara bermagan taqdirda kemadagi konteynerlarni tuşiriş, neft va suvni oliş rejalaştirildi. Biroq sönggi reja böyiça iş körişga töğri kelsa, jarayon bir neça hafta davom etişi mumkinligi ma'lum qilingan, bu esa jahon iqtisodi uçun xavotirli holat edi.

27 mart kuni keçqurun konteyner taşuvçini ilk marta bir neça metrga siljitişga erişildi. Bu hodisa röy berganida buksirlarning kemalari quvonçdan bir vaqtda sirenalarini çalişdi.

29 mart kuni tongda – kanal tösilib qolganidan olti kun ötgaç, «Ever given» sayozlikdan töliq çiqarildi va kanalning tor qismini tark etdi. Kanal ma'muriyati rahbari Usoma Robi beş yuzga yaqin kemalardan iborat tirbandlikdan xalos böliş uçun uç yarim kungaça muddat kerak bölişi mumkinligini ta'kidlagandi.

Lloyd’s List kompaniyasi Ever Given konteyner taşuvçi kemasining Suvayş kanali orqali harakatlanişni töxtatib qöyişi jahon savdosiga soatiga 400 mln dollarga tuşayotganini hisoblab çiqdi. Uşbu summa har kuni kanal orqali kemalarda olib ötiladigan tovarlar narxiga asoslangan. Qayd etilişiça, ğarbiy yönalişda kuniga 5,1 mlrd dollarlik, şarqiy yönalişda esa 4,5 mlrd dollarlik tovar olib ötiladi.

Suvayş kanali ma'muriyati 1 mlrd dollarga yaqin zarar körganini ma'lum qilgan. Suvayş kanalini bir haftaga tösib qöygan kema egasi bölgan transport kompaniyasi körilgan zararni iş sudgaça yetib bormasidan tölab beriş harakatida ekani aytilgandi.

«Allianz» suğurta kompaniyasi kanalning bir hafta davomida tösilişidan jahon savdosi körgan zararni 6-10 mlrd dollarga baholagan. The Loadstar ma'lumotlariga köra, hodisa oqibatida kanal oldida turib qolgan kemalarning operatsion xarajatlari konteyner taşuvçi kemalar uçun kuniga 3,25 mln dollarni, tankerlar uçun 500 ming dollarni taşkil qilgan. Ayrim manbalarda kanal tösilib qolişi oqibatida har kuni jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar miqdori 9 mlrd dollardan ortiqni taşkil etgani yozildi.

Kemaning sayozlikka çiqib qolişiga dastlab kuçli şamol, keyin esa kapitanning xatosi sabab bölgani haqida ma'lumot berildi.

Suvayş kanali Misrning şimoli-şarqiy qismida joylaşgan şlyuzsiz dengiz kanali hisoblanadi. U Atlantika va Hind okeanlari örtasidagi eng qisqa suv yöli (Afrikani aylanib ötişni 8-15 ming kilometrga qisqartiradi) bölib, Osiyo bilan Afrika örtasidagi şartli geografik çegara deb qabul qilingan. Afrikani Osiyodan ajratib turuvçi uşbu kanal orqali jahon savdosining 12 foizga yaqini ötadi. Suyultirilgan tabiiy gaz, xom va tozalangan neft kabi energiya manbalarining 5-10 foizi aynan Suvayş orqali taşiladi. Kanal trafigining qolgan qismi asosan iste'mol tovarlaridan iborat.

Kanal kema qatnovi uçun 1869 yil 17 noyabrda oçilgan. Uzunligi 161 km (kanalning çiqişdagi davomi bilan esa 173 km), kengligi sirtida 120–150 metr, tubida esa 45–60 metrni taşkil etadi. Kemalar kanalni örtaça 11-12 soatda suzib ötadi.

Jahon savdosini qutqarib qolgan noma'lum qahramon

Business Insider naşri jahon savdosini qutqarib qolgan, biroq heç kimga taniqli bölmagan noma'lum qahramon bilan suhbat uyuştirdi. U – misrlik 28 yoşli ekskavatorçi Abdulla Abduljavod.

23 mart kuni u odatdagidek soat yettida işga çiqqan, biroq işxonasining darvozalari yopiq edi. Oradan yarim soat ötgaç, Suvayş kanalini tösib qöygan kema haqida eşitib qoladi. Şu voqea tufayli zudlik bilan unga kanal qirğoğiga yetib keliş haqida topşiriq berilgan. Sakkiz yillik iş tajribasiga ega ekskavatorçi özining kiçkinagina maşinasidan 500 barobar kattalikdagi kemaning burni sayozlikka çuqur botib qolganini körgan.

«Öşa kuni işlamasam kerak deb öylagandim», deya eslaydi Abdulla Abduljavod intervyusida. Biroq buning aksi ölaroq u keyingi beş kun davomida tinimsiz işlaşiga töğri kelgan. Rahbari uning yordamiga muhtoj ekanini aytganida rad eta olmagan. «Hoziroq maşinaga ötirib bu yerga yetib kelişingiz kerak. Çunki kemaga eng yaqin joydagi yagona ekskavatorçisiz. Bu juda ğaroyib tuyğu», deydi Abdulla.

Iş yakuniga yetib, vazifa uddalangaç, u va hamkasblari özlarini kuçli çarçoqdan çalajon odamday his qilişgan. «Garçi 5 kunlik oğir mehnatdan söng ölarday çarçagan bölsam-da, vatanim uçun nimadir qila olganimdan faxrlanaman, bunaqasi hayotda bir marta bölişi mumkin», deya yigitning sözlarini keltirmoqda Business Insider.

28 yaşar ekskavatorçining jurnalistlarga aytişiça, qilgan mehnatlari uçun u haligaça rağbatlantirilmagan. «Menga bu iş topşirilganda qörqdim, ammo özimni ayab ötirganim yöq. Endi esa rahbarim menga oşirilgan miqdorda iş haqi tölab bermayapti», deydi Abdulla Abduljavod.

Dunyo matbuoti misrlik ekskavatorçini jahon savdosini qutqarib qolgan qahramon sifatida olqişlamoqda.