Suvayş kanali oçilganidan söng undan dastlabki kemalar muvaffaqiyatli suzib ötdi. 

Qayd etilişiça, olti kundan buyon navbat kutayotgan ulkan kemalar Örtayer dengizi tomondan Misrning Ismoiliya şahri yaqinidagi Timsoh köliga kirib kelgan. Soat 15:00 holatiga törtta konteyner taşuvçi kema kanal orqali ötgan. 

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy hozirda Ismoiliya şahrida ekani aytilmoqda.  

Yuk kemalaridan iborat tirbandlikni bartaraf etiş maqsadida kanal töxtovsiz işlaydi. Duşanba kuni keçqurun bu yerda kamida 422ta kema töplangan bölib, kanal ma'muriyati rahbari Usoma Robining sözlariga köra, tirbandlikdan xalos böliş uçun uç yarim kungaça muddat kerak bölişi mumkin. 

Eslatib ötamiz, uzunligi 400 metrli Ever Given konteyner taşuvçi kemasi 23 mart kuni kanalga köndalang turib qolgandi. Kema 29 mart kuni sayozlikdan çiqarildi.