AQŞ prezidenti Donald Tramp, agar Tehron qayta işga tuşirişga urinsa, Eronning yadroviy inşootlariga yana zarba yöllaşga va’da berdi. «Biz ularning (Eronning) yadroviy imkoniyatini yöq qildik. Ular yana boşlaşi mumkin. Agar şunday qilsa, biz ularni (yadroviy inşootlarni) barmoq bilan silkitgandan ham tezroq yöq qilamiz», dedi Tramp 28 iyul, duşanba kuni Şotlandiyada Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan uçraşuvi çoğida matbuotga bergan intervyusida.

21 iyul kuni Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi Fox News telekanaliga bergan intervyusida AQŞ yadroviy inşootlariga zarba berganiga qaramay, Tehron uranni boyitişdan voz keçmasligini aytdi.

Idora boşliğining sözlariga köra, «zarar jiddiy va oğir» bölgani uçun u töxtatilgan. «Ammo biz boyitişdan voz keçolmasligimiz aniq, çunki bu bizning olimlarimizning yutuğidir», dedi Arağçi va endi bu «milliy ğurur masalasi» ekanini qöşimça qildi. Kelajakdagi har qanday yadroviy kelişuv Eronga bu jarayonga huquq berişi kerak, dedi u.

28 iyul kuni Eron taşqi işlar vaziri X'da şunday deb yozdi: «Agar tajovuz takrorlansa, biz bundan qat’iyroq va yaşirib bölmaydigan tarzda javob berişdan tortinmaymiz». Xuddi şu postda u Tehron uranni boyitişda davom etişi kerakligi haqidagi tezisni takrorladi. «Hamma bilişi kerakki, biz, eronliklar tinç yadroviy dasturimizni sotib olmaganmiz: biz uni qon, ter va köz yoşlari bilan qurdik. Bizning qudratli inson resurslarimiz tomonidan işlab çiqilgan texnologiya va nou-xauni bombardimon qiliş yöli bilan yöq qilib bölmaydi», — deya xulosa qildi u.