Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda koronavirus qayd etilişi holatlari keskin oşayotgani haqida xabar berdi. Sönggi bir kunda mamlakat böylab yangi holatlar soni yil boşidan buyon ilk marta 300dan oşdi, Toşkent şahrida 227 holat aniqlanib, yana bir kişi vafot etdi.

Koronavirusni yuqtirganlar soni kunlik 300dan oşib borişi ortidan bugun, 17 aprel kuni boş vazir Abdulla Aripov raisligida kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi. Unda ma'lum qilinişiça, Özbekistonda virusning «afrikaça» ştammi ham aniqlangan.

«Afrikaça» ştamm ham bizga kirdi, buni Ilğor texnologiyalar markazi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik xizmati bilan birgalikda örganib, hammasini bir-biridan ajratib çiqdi. Hozir ham juda çuqur tahlil olib borilyapti», dedi boş vazir.

Yiğilişda qayd etilişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev ham hozirgi pandemiya holatidan bezovta bölib, Respublika maxsus komissiyasiga e'tiroz bildirgan, joylarda karantin tadbirlarini taşkil etişda tegişli çoralar körilmayotganini ta'kidlagan.

Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov 

«Hurmatli prezidentimiz hozirgi pandemik holatdan bezovta bölib, respublika maxsus komissiyasiga ham e'tiroz bildirdilar. Şuningdek, davlat rahbari joylarda karantin tadbirlarini taşkil etişda tegişli çoralar körilmayotgani töğrisida juda qattiq bezovta bölib aytdilar», dedi A.Aripov.

Tadbirda joriy yil 18 apreldan karantin qoidalari yanada kuçaytirilişi ma'lum qilindi.

Boğça va maktablarda kasallaniş holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyati zudlik bilan töxtatiladi hamda 2 haftaga karantinga olinadi. Uşbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibda faoliyat yuritadi.