Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda koronavirus qayd etilişi holatlari keskin oşayotgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 16 aprel holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86338 (+316) nafarni taşkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Bu kunlik ösiş böyiça yil boşidan buyon qayd etilgan eng yuqori körsatkiç bölib, avvalgi antirekord 15 aprel kuni qayd etilgan edi - 292 kişida virus aniqlangandi. 14 aprel kuni 227 kişiga taşxis qöyilgan - sönggi ikki kun içida kunlik ösiş qariyb 100taga yetgan. 9 aprelgaça kunlik ösiş 200dan oşmagandi.

Ma'lumot uçun, kunlik kasallaniş holatlari 300dan oşişi sönggi bor 2020 yilning sentyabr oyida qayd etilgan.

Yangi kasallaniş holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida, 
  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 7 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 20 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 37 nafari Toşkent viloyatida,
  • 227 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Şuningdek, 1 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 636 nafarni taşkil qildi. 16 aprel kuni Özbekiston xalq artisti Mirza Azizov vafot etgani, u Zangiotadagi şifoxonada davolanayotgan bölgani haqida xabar berilgandi.

Keça kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 11 nafar,
  • Qaşqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 8 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
  • Farğona viloyatida 7 nafar,
  • Xorazm viloyatida 6 nafar,
  • Toşkent viloyatida 28 nafar,