“Kasallaniş holatlarining oşişi, birinçi navbatda, oddiy ehtiyot çoralariga rioya qilmaslik, ya'ni tibbiy niqobdan foydalanmaslik, ijtimoiy masofani saqlamaslik oqibatida yuz beryapti. Köçaga çiqsangiz, xuddi kasallikni yengib böldik, kasallikdan qutuldik, u endi boşqa yerga qarab ketdi, degan notöğri fikrda yurgan fuqarolar borgan sari köpayib boryapti. 

Hududlarga bölgan taşrifda yoki Toşkent şahrida mahallabay amalga oşirilayotgan işlarni örganiş uçun taşkillaştirilgan monitoring tadbirlarida özim körib hayron bölib qoldim. Özimiz ham tibbiy niqob taqib bordik, ammo u yerda yurgan biron kişi tibbiy niqob taqib yurganini körmadim. Şunçalik ham befarq böliş mumkinmi? Keçirasizlar-ku, odam yoqasini uşlaydi. Bu kasallik xuddi elektr tokiga öxşaydi, hidi ham, rangi ham, mazasi ham yöq, odamni ham tanlab ötirmaydi”, dedi Abdulla Aripov.

Bundan oldin, 18 apreldan karantin qoidalari kuçaytirilişi xabar qilingandi.