Qayd etilişiça, endi barça umumiy ovqatlaniş muassasalarida örinlar 50 foizgaça çeklanadi, biroq 100 kişidan oşmasligi nazorat qilinadi.

Bundan taşqari, avtobuslarda örindiqlarning soni 50 foizgaça çeklanadi. Öz navbatida, avtobuslar soni köpaytiriladi.

Bundan oldin, boş vazir tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolarni keskin tanqid qilgandi.

“Hududlarga bölgan taşrifda yoki Toşkent şahrida mahallabay amalga oşirilayotgan işlarni örganiş uçun taşkillaştirilgan monitoring tadbirlarida özim körib hayron bölib qoldim. Özimiz ham tibbiy niqob taqib bordik, ammo u yerda yurgan biron kişi tibbiy niqob taqib yurganini körmadim. Şunçalik ham befarq böliş mumkinmi? Keçirasizlar-ku, odam yoqasini uşlaydi. Bu kasallik xuddi elektr tokiga öxşaydi, hidi ham, rangi ham, mazasi ham yöq, odamni ham tanlab ötirmaydi”, dedi Abdulla Aripov.