Joriy yil 18 apreldan karantin qoidalari yanada kuçaytiriladi. Bu haqda boş vazir boşçiligidagi kengaytirilgan yiğilişda ma'lum qilindi.

Boğça va maktablarda kasallaniş holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyati zudlik bilan töxtatiladi hamda 2 haftaga karantinga olinadi. 

Qayd etilişiça, uşbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.

1 maydan boşlab, konsert tomoşa tadbirlarini yopiq maskanlarda ötkaziş böyiça çeklov joriy etilmoqda.

Şuningdek, yirik savdo majmualari va bozorlarda, dökonlarda karantin qoidalariga qat'iy amal qilinişi, jumladan, qöllarni antiseptik vositalari bilan zararsizlantiriş, odamlarning tibbiy niqob taqişi, ijtimoiy masofa saqlaşi qat'iy nazorat qilinişi aytildi.