Jahon | 20:40 / 23.04.2021
10613
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Qrim chegarasida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi

Avvalroq Rossiya Qrimda keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshlagandi.

Ukraina qurolli kuchlari havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari Qrim bilan chegaradagi Xerson oblastidagi poligonlardan birida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligiga tayanib TASS xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlar «jangovar holatga yaqin sharoitlar»da o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarga zenit-raketa majmualari va zenit qurilmalari jalb qilingan.

So‘nggi vaqtda Donbassdagi vaziyat keskinlashishi ortidan Ukraina va Rossiya harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Avvalroq Rossiya Qrimda keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshlagandi.

Mashg‘ulotlarga 10 mingdan ortiq harbiy, 1,2 mingdan ortiq harbiy texnika, 40dan ortiq jangovar kema va 20ta ta'minot kemasi jalb etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid