Vazirlar Mahkamasining 258-sonli qarori bilan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida yangi tartib o‘rnatilmoqda. Unga ko‘ra, davlat organlari va mahalliy hokimliklarda faoliyat yurituvchi mansabdorlar xizmat mashinasini yangisiga almashtirishi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarga o‘tkazib berishiga cheklov belgilangan. Endi davlat xizmatchisiga berilgan avtomobil kamida 5 yil foydalanilgandan keyingina sotilishi yoki boshqa tashkilotga o‘tkazib berilishi mumkin (foydalanishga yaroqsiz holga kelgan avtotransport vositalari bundan mustasno). Bunda avtotransport vositasining texnik holati hamda undan foydalanish xavfsizligi inobatga olinadi.
«Trailblazer» va amaldorlar: pandemiya davridagi xarajatlar va hashamatlar
Yangi tartibga ko‘ra, xizmat mashinalarining hisobi budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisoboti yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy majmuada yuritiladi. Bundan tashqari, amaldorlarning xizmat mashinalarini sotib olishda tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ularning belgilangan me'yorlarga mosligi tekshiriladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan berilgan xizmat avtomobillaridan ular uchun belgilangan limitlar doirasida foydalaniladi. Qolaversa, hukumat qarori bilan bundan buyon davlat organlari va mahalliy hokimliklarning xizmat avtotransport vositalarini sotish faqat elektron auksion savdolari orqali amalga oshirilishi belgilangan.
Avvalroq Oliy ta'lim vazirligi Malibu-2 sotib olayotgani, Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi rahbari ishni Malibu-2 xaridi bilan boshlagani, Navoiy viloyatida 8ta tuman hokimlariga Malibu-2 berilgani







