Senat qömitasi raisi Erkin Gadoyev qonunning yangi tahririni işlab çiqişga tizimdagi ayrim muammolar sabab bölganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. Aytilişiça, köplab davlat xaridlari noqonuniy tarzda amalga oşirilgan.
«Hisob palatasining 2019 yilgi davlat xaridlari yuzasidan olib borgan örganişlari natijasida, 4,18 trillion sömlik noqonuniy bitimlar tuzilgani aniqlangan.
Jumladan, tender savdolari ötkaziş lozim bölgan 2,9 trillion sömlik 729ta bitim tender savdolari ötkazilmasdan amalga oşirilgan.
Bundan taşqari, firma ta'sisçisi aynan bitta şaxs bölgan hollarda «sun'iy tender»da iştirokçilar hisobi köpaytirilgan va bu orqali 18 milliard sömlik noqonuniy savdolar bölgan.
Auksion talablarini çetlab ötiş natijasida 44 milliard sömdan ortiq 492ta bitim auksion ötkazilmasdan tanlab olib tuzilgan. Bu kabi muammolar 2020 yilda ham köp kuzatilgan», – dedi senator 12 mart kungi yalpi majlisda.
Erkin Gadoyevning ta'kidlaşiça, qonunga bir qator özgarişlar kiritildi.
«Yangi hujjatda birinçi örindagi muhim özgariş – davlat xaridlarining barça turlari onlayn savdolar asosida amalga oşirilişi belgilanmoqda. Bu savdolarda inson omilini kamaytirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, qonunga ikkita – benefitsiar mulkdor va affillangan şaxslar, degan yangi tuşunçalar kiritilyapti.
Strategik ahamiyatga ega 24ta yirik korxona bor. Avvallari ularga alohida tartib joriy etilgan edi. Qonun bilan mazkur korxonalar ham umumiy tarzda davlat xaridlarini elektron va şaffof tarzda amalga oşirişi belgilandi.
Buning asosiy sababi – ular davlat xaridlarining katta qismini taşkil etadi. 2019 yilni oladigan bölsak, davlat xaridlari umumiy hisobda 97,9 trillion sömni yoki YaIMga nisbatan 19,1 foizni taşkil qilgan. Şundan 47,4 trillion söm yoki YaIMning 9,6 foizi strategik ahamiyatga ega jamiyat va korxonalar hissasiga töğri kelgan. Bu jami davlat xaridlarining 48 foizini taşkil etadi», – dedi Gadoyev.
Ma'lum qilinişiça, qonunda:
- davlat xaridlariga yönaltiriladigan budjet mablağlari va boşqa markazlaşgan manbalarni maqsadli işlatiş;
- hukumatning kafolatlangan kredit resurslaridan samarali foydalanişni ta'minlaş;
- davlat sektorini zarur tovar, iş va xizmatlar bilan ta'minlaşda qisqa muddatlarda «narx-sifat» körsatkiçlarini uyğunlaştiriş;
















